Salomatlik va aqliy tarbiya0-2 yoshBEPULMuallif: Muslimaat.uz 8 daqiqa o‘qish
Virtual autizm ‒ bolajonlarga xavf tug‘dirmoqda
Oxirgi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, aynan shunday «elektron ekran«lardan tartibsiz foydalanish natijasida «Virtual autizm« degan kasallik kelib chiqdi. Bu kasallikni birinchi bo‘lib psixolog Marius...
Oxirgi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, aynan shunday «elektron ekran«lardan tartibsiz foydalanish natijasida «Virtual autizm« degan kasallik kelib chiqdi. Bu kasallikni birinchi bo‘lib psixolog Marius Zamfir shunday nomladi va uni salbiy oqibatlarini klinikasida amaliy va nazariy yoritib berdi. Nima uchun aynan «Virtual autizm«? Sababi uning belgilari autizm belgilari bilan identik ravishda. Amaliyotda autizm va virtual autizmni bir-biridan farqlash qiyin. Faqat anamnez (yig‘ilgan hayot va kasallik tarixi) natijasidagina kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yish mumkin. - Ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmaslik; - Ko‘z orqali kontaktning yo‘qligi; - Nutq rivojlanishdan orqada qolishi; - Boshqa bolalar bilan ijtimoiy o‘yinlarga kirisha olmaslik. Mana shu belgilar bolaning har kungi 4-5 soatlik monitor (TV, smartfon, planshet, kompyuter bilan) aloqada bo‘lishi bilan birga kechadi. Kasallik 80 foiz hollarda o‘g‘il bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Klassik autizmda destruktsiya nevrologik asosga ega bo‘lgan biologik faktorlar bilan bog‘liq bo‘lib, jarayon qaytmas xarakterga ega. Miyaning ushbu sohalarida sinaplar qayta xosil bo‘lmaydi. Virtual autizmda esa neyron rivojlanishi lozim bo‘lgan sohalarining stimulyatsiya bo‘lmasligi hisobiga nutqning rivojlanmasligi va boshqa belgilar yuzaga keladi. Bu jarayon qaytar hisoblanadi. Autizm markazining statistikasiga ko‘ra: 1975 yilda 5000 boladan 1 tasida, 2005 yilda 500 boladan 1 tasida, 2014 yilda esa 68 boladan 1 tasida autizm aniqlangan. 2008 yilda Amerikaning Pediatriya akademiyasi quyidagi tavsiyalarni berdi: - 0-2 yoshli bolalarga multimedia texnologiyalari va qurilmalariga yaqinlashish imkoniyatini to‘liq cheklash; - 3-6 yoshli bolalarga kuniga 1 soatdan ortiq ruxsat bermaslik; 6-12 yoshdagilarga esa maksimum 2 soatgacha ruxsat berish tavsiya qilindi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ekran oldida o‘tkazilgan vaqtda miya rivojlanmaydi va yashashi lozim bo‘lgan ijtimoiy muhitda yashalmaydi. Bolalar miyasi turli xil ijtimoiy bog‘liqliklar hisobiga rivojlanadi, ya’ni ushlab ko‘rib, hidlab ko‘rib va hokazo. Natijada bolada yoshiga mos rivojlanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar rivojlanmaydi. Ekranlardagi shovqin va yorqinliklar bola e’tiborini tortadi, hatto multfilmlar ham bolada negativ og‘riqli hissiyotlarni chaqirishi, u esa o‘z navbatida bolada agressiv xulqni namoyon qilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, 0-2 yoshdagi bolalar ko‘proq ko‘chada (tabiatda) bo‘lishi va kattalar bilan muloqotda bo‘lishi zarur. Analizatorlarimizni ishini oladigan bo‘lsak, sezgi va idrok etish orasidagi bog‘liqlik buzilganini ko‘ramiz. Eshitgan va ko‘rgan narsamizni idrok etishimiz zarur, ayniqsa bolalik yoshimizda. Nimanidir idrok etish uchun u bilan bevosita aloqada bo‘lish lozim (taktil, hidlov, eshituv), virtual dunyo bularni bermaydi. Bu analizatorlarning bolaning ilk rivojlanishi davrida ahamiyati katta. Bu holatning birgina yaxshi jihati shundaki, biologik autizmdan farqli o‘laroq virtual autizmni davolasa bo‘ladi. Ammo, eng yaxshisi, uni oldini olishdir! Gavhar Teshaboyeva, psixoterapevt
Maqolani o‘qib bo‘ldingizmi?
Bilimingizni mustahkamlab, profilingiz uchun qo‘shimcha 5 XP to‘plang.
#virtual autizm#ekran vaqti#godak rivojlanishi#smartfon zarari#nutq kechikishi
AMALIY TARBIYA MASHG‘ULOTI
Bu mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?
Nazariyani bilish yetarli emas. Farzandly interaktiv platformasida har kuni 5 daqiqa amaliy mashqlar va testlar orqali farzandingiz bilan til topishishni o‘rganing.