Tarbiya asoslari va iymon6-9 yoshBEPULMuallif: Muslimaat.uz 6 daqiqa o‘qish
Qulay bola - qul bola.
bolalar ham odam. Doim buyruqlarga bo‘ysunib o‘sgan bola qul bo‘ladi. Xuddi shunday, albatta qul bo‘ladi. Bola bu alohida shaxs, bizni davomchimiz emas, alohida mustaqil shaxs, boshqa odamlar bilan qanday gaplashsak, xud...
bolalar ham odam. Doim buyruqlarga bo‘ysunib o‘sgan bola qul bo‘ladi. Xuddi shunday, albatta qul bo‘ladi. Bola bu alohida shaxs, bizni davomchimiz emas, alohida mustaqil shaxs, boshqa odamlar bilan qanday gaplashsak, xuddi shunday muloqot qilishimiz kerak bo‘lgan shaxsdir. Aks holda u quldan bo‘lak kimsa emas! Bolaga nisbatan kibr, man-manlikda bo‘lish ularni tushunmaslikka, ularni ozmi-ko‘pmi tajribalariga hurmatsizlik bilan qarashga olib keladi. Bolaga «yuqoridan« qarar ekansiz, u qullikka ko‘nika boshlaydi, pastdan tepaga qarashga, «labbay xo‘jayin« deyishga o‘rganadi. Bola bilan umumiy muloqot tilini topish uchun unga buyruq ohangida emas, suhbatdoshiga qiziqish bildirgan kabi, pedagogik maqsadlarsiz muloqotda bo‘lish kerak. Avtoritar tarzda muloqot qilsangiz, bola so‘zsiz bo‘ysunishga, ohir-oqibat qul bo‘lishga tayyorlanib boradi. Bolalar - xususiy mulkingiz emas! Bola otasi yoki onasi chizgan chizig‘idan emas, o‘zi yaratgan yo‘ldan yurishga haqli. Ona yoki ota bola atrofida o‘z real xayotini shakllantirmasdan, uni o‘z mustaqil hayotiga, o‘z realligiga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratib berishi lozim. Bolani qanday qilib ijodkor, erkin shaxs sifatida ulg‘aytirish mumkin? Bola o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qilishni o‘rgana boshlagachgina, o‘zini anglay boshlaydi. Agar ota-ona hayotga bo‘lgan qarashlarini bolaga singdira boshlashsa, u birovni fikriga tobe, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lmagan shaxsga aylana boshlaydi. Agar bola tazyiqlarsiz o‘z real hayotini yarata olsa, o‘z hayotining ijodkoriga aylanib boradi. Ota-onani vazifasi - bolaga o‘zinikini singdirish, uqtirish emas, bolasidagi qobiliyat va qiziqishlarni sezib, shuni rivojlantirishga zamin yaratishdir. O‘z hayotini o‘z qiziqishlari asosida qurgan bolagina kelajakda bahtli yashashi mumkin. Agar bolaligida ko‘pgina mashg‘ulotlarga borgan bo‘lsa, o‘shalarni ichidan ko‘ngliga yoqqan mashg‘uloti bilan umr o‘tkazishi va bu bilan «o‘zligini topishi«, «men« ini topishi mumkin. Agar bunday mashg‘ulotlarga bormagan bo‘lsa, bu xam muammo bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ota-onalar bolasini maktabda olgan baholariga qarab baholay boshlashadi. Maktab bolani o‘ylashga, erkin fikrlashga o‘rgatmaydi, afsuski. Eng a’lochi bo‘lgan bola xam hayotda bahtsiz bo‘lishi mumkin, agar u bahtli bo‘lishga o‘rgatilmagan bo‘lsa, baxtni tuymagan bo‘lsa. Maktabda olgan baholarimiz bizni bahtli qilib qo‘ymaydi. — Bola va dam olish. Bola dam olayotgandagi vaqtini xam ota-ona belgilab bergisi keladi. Aytingchi hurmatli ota-ona, siz dam olayotganingizda kimdir qanday dam olishni o‘rgatsa, siz qanday ahvolga tushasiz? Yoqmaydi-ya? Xuddi shunday holatga bolangiz xam tushadi. — Bola va mehnat. Qilayotgan ishimizdan qoniqayotganimizni farzandimiz sezishi kerak. Shundagina u mehnatni majburiy emas, chin dili bilan qilishni o‘rganadi. — Bola va tarbiya. Bolaga tarbiya emas, muhabbat kerak. Ota-onaning eng asosiy vazifasi, birovga itoatkor va qulay qul emas, erkin, bahtli shaxsni tarbiyalashdan iboratdir!
Maqolani o‘qib bo‘ldingizmi?
Bilimingizni mustahkamlab, profilingiz uchun qo‘shimcha 5 XP to‘plang.
#qulay bola#mustaqil shaxs#tarbiya xatolari#erkinlik va chegara#muslimaona
AMALIY TARBIYA MASHG‘ULOTI
Bu mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?
Nazariyani bilish yetarli emas. Farzandly interaktiv platformasida har kuni 5 daqiqa amaliy mashqlar va testlar orqali farzandingiz bilan til topishishni o‘rganing.