Tarbiya asoslari va iymon3-5 yoshBEPULMuallif: Muslimaat.uz 5 daqiqa o‘qish
Farzandlaringiz o‘rtasida adolat qilinglar
Farzand Alloh taolo bergan aziz va buyuk ne’matlardan biridir. Solih va diyonatli farzandlarni kamolga yetishtirish ota-onalardan katta mehnat va ta’lim-tarbiya talab etadi. Kelajakda ularni xalqiga, oilasiga foydasiga t...
Farzand Alloh taolo bergan aziz va buyuk ne’matlardan biridir. Solih va diyonatli farzandlarni kamolga yetishtirish ota-onalardan katta mehnat va ta’lim-tarbiya talab etadi. Kelajakda ularni xalqiga, oilasiga foydasiga tegadigan shaxs qilib tarbiyalash esa nafaqat bu dunyo manfaati uchun, balki oxirat manfaati uchun ham juda muhim ishlardan sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir dinorni Alloh yo‘lida sarfladingiz; bir dinorni qul ozod qilish uchun sarfladingiz; bir dinorni biror miskinga sadaqa qildingiz; bir dinorni ahli oilangizga sarf qildingiz; shularning ichida eng ajri ulug‘i ahli oilangizga sarf etilganidir« (Muslim rivoyat qilgan). Farzandlarga mana shunday go‘zal tarbiya berishda esa, ota-onalar nihoyatda zukko bo‘lish kerak. Eng avvalo, ular farzandlarni bir-birovidan ajratmasdan, har biriga teng munosabatda bo‘lishlari talab etiladi. No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bashir o‘g‘illari No‘’monni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga olib kelib: «Men bu o‘g‘limga o‘zimdagi bir xizmatkor bolani hadya qildim«, deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shu kabi narsani barcha bolalaringga hadya qildingmi?« dedilar. Bashir: «Yo‘q« degandi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni qaytarib ol«, dedilar. Boshqa rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bolalaringning barchasiga shunday qildingmi?« deganlarida, Bashir: «Yo‘q«, dedi. Shunda u zot: «Allohga taqvo qilinglar va farzandlaringiz o‘rtasida adolat qilinglar«, dedilar. Bas, otam kelib, haligi sadaqani qaytarib oldi". Qur’on va sunnatga amal qiluvchi oilada farzandlarga bir xil muomalada bo‘linadi. Katta farzandga uka-singillari uchun ibrat hamda yo‘lboshchi ekanligi uqtirib boriladi. Bir shaxsiyat egasining shakllanishida, jamiyat bilan muomalasida oilada olingan tarbiya muhim ahamiyatga ega. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, dinimiz o‘g‘ilni qizdan yoki qizni o‘g‘ildan afzal ko‘rishni taqiqlaydi. Farzand ongida ona – muhabbat, matonat, itoatgo‘y, mehnatkash sifatlari timsoli, ota esa – fahm-farosatli, zehnli, o‘z tamoyillariga ega oila boshlig‘i sifatida shakllangan bo‘ladi. Ota-ona tarbiyasi, odob-axloqi bolalarga namuna bo‘ladi. Ular kattalarni takrorlashadi. O‘g‘ilni qizdan ortiq ko‘rib erkalaydigan oilalar johil oilalar hisoblanadi. Ayni yashab turgan davrimizda ham ketma-ket tug‘ilgan qiz xonadonlarda ko‘plab og‘riqli, ayanchli holatlar bo‘lib turadi. Qandaydir tibbiy hisoblashlar orqali o‘g‘il tug‘ishga urinayotganlar, qiz farzandligini bilgach, uni darhol oldirib tashlayotganlarga qanday ta’rif berish mumkin?! Bu holat ham johillikning bir ko‘rinishi emasmi?! Haqiqiy musulmon Alloh taoloning qazoi qadariga rozi bo‘lib, berayotgan barcha ne’matlariga shukronalik ruhida yashasagina, inshaalloh, maqsadi komil bo‘ladi. Bu yo‘lda biz uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayot tarzlari, bolalarga munosabatlari namuna bo‘ladi. Zero, ular u zoti bobarokat ta’rif berganlaridek, jannat kapalaklaridir.
Maqolani o‘qib bo‘ldingizmi?
Bilimingizni mustahkamlab, profilingiz uchun qo‘shimcha 5 XP to‘plang.
#adolat#aka-uka rashki#hadya va mehr#islomda tarbiya#ota-ona masuliyati
AMALIY TARBIYA MASHG‘ULOTI
Bu mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?
Nazariyani bilish yetarli emas. Farzandly interaktiv platformasida har kuni 5 daqiqa amaliy mashqlar va testlar orqali farzandingiz bilan til topishishni o‘rganing.