Salomatlik va aqliy tarbiya3-5 yoshBEPULMuallif: Muslimaat.uz 5 daqiqa o‘qish
Bolalar zararli stressdan qanday himoya qilinadi?
Bolaning ehtiyojlari qondirilmasa, unda zararli stress rivojlanishi mumkin....
Bolaning ehtiyojlari qondirilmasa, unda zararli stress rivojlanishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi ochlik uning hayotiga tahdid soladi. U nimadir noqulay ekanligini his qiladi va buni yig‘i bilan ifodalaydi. Agar yon-atrofda yig‘ining sababini va uni qanday tinchlantirishni tushunadigan kattalar bo‘lsa, unda mamnuniyat hissi chaqaloqning xotirasida saqlanib qoladi. Stress garmonlari darajasi pasayadi va tsikl qayta boshlanadi. Agar bola ehtiyoji qoniqtirilmasa, uning organizmi uzoq vaqt stress garmonini ishlab chiqaradi va bu sog‘liq uchun xavflidir. Bunday vaqtlarda asta-sekin bola asabiy bo‘lib boradi, tez charchaydi, vazn yo‘qotadi, miyada sinapslarning paydo bo‘lishi kamayadi. Bola bunday sharoitda yashasa, miya yarim korteksining turli qismlari o‘rtasida bog‘lanishni ta’minlaydigan nervlarni rivojlanish jarayoni buziladi. Toksik (zaharli) muhit bolalar uchun juda xavflidir. Bu stressga to‘la muhitdir. Bilasizmi, bolalarda qandaydir radar bor bo‘lib, ular bilan ota-onalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, oilada keskin holatlar, jamiyatdagi zo‘ravonliklar paydo bo‘lganida ular buni his etadilar. Bularning barchasi bolaning o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi. Qachonki bola zo‘ravonlik doimo mavjud bo‘lgan muhitda va yoki aksincha u e’tiborsiz bo‘lgan muhitda ulg‘aysa, buning barchasi bolaning o‘sishi va rivojlanishiga halokatli ta’sir qiladi. Rivojlanishi tahdid ostida qolgan bola bu juda og‘ir sharoitlarda yashovchi bola demakdir. Bu bolada stress darajasi juda yuqori bo‘ladi. Ko‘p holatda biz – jamiyat a’zolari bu borada ota-onalarga yordam bermaymiz. Biz ota-onalarni qo‘llab-quvvatlamaymiz, ularga farzandining ehtiyojini qondira oladigan sharoit yaratmaymiz. Afsuski bunday holatlar halokatli muhitni paydo bo‘lishiga olib keladi. Agar siz bolalarning rivojlanishi uchun kerakli yordamni ko‘rsatishga qodir bo‘lsangiz, demak, kelajakda siz jamiyatning sog‘lom a’zosini tayyorlaysiz. Bu esa o‘z-o‘zidan jamiyatdagi zo‘ravonlik darajasini kamayishiga, turli muammolarni oz bo‘lsa-da, bartaraf etilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, nevrotik kasalliklarni ham oldi olinadi. Ushbu davrda bolani zaruriy parvarish va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash sog‘lom jamiyat qurish uchun hissa bo‘ladi. Bu butun insoniyatni himoya qilishning bir usuli.
Maqolani o‘qib bo‘ldingizmi?
Bilimingizni mustahkamlab, profilingiz uchun qo‘shimcha 5 XP to‘plang.
#stressdan himoya#bolalar ruhiyati#hissiy xavfsizlik#salomatlik#ota-ona daldasi
AMALIY TARBIYA MASHG‘ULOTI
Bu mavzuni chuqurroq o‘rganmoqchimisiz?
Nazariyani bilish yetarli emas. Farzandly interaktiv platformasida har kuni 5 daqiqa amaliy mashqlar va testlar orqali farzandingiz bilan til topishishni o‘rganing.